date
views 1 168

Olmaliqda o‘zini osib qo‘ygan o‘quvchining onasiga aytgan so‘nggi so‘zlari ma’lum bo‘ldi

Olmaliqda o‘zini osib qo‘ygan o‘quvchining onasiga aytgan so‘nggi so‘zlari ma’lum bo‘ldi
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi. Marhumning onasiga aytgan so‘nggi so‘zlari nima bo‘lgani aytildi.
 
Aniqlanishicha, 21 aprel kuni soat taxminan 19:00 larda yigit bobosining uyida arqon yordamida o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Maktab direktori unda hech qanday salbiy holat kuzatilmaganini ta’kidlagan.
 
21 aprel Hayit kuni bo‘lgan. 20 aprel kuni ham uni o‘rtoqlari bilan birga ko‘rganman. Unda hech qanday salbiy holat kuzatilmagan”, — deydi u o‘qigan maktab direktori.
 
Marhumning onasi esa voqea sodir bo‘lgan kuni o‘g‘li unga qo‘ng‘iroq qilganini, yaxshi ko‘rishini aytganini ta’kidladi. Ayol o‘g‘lining joniga qasd qilishiga sabab bo‘ladigan biror voqea sodir bo‘lmaganini qayd etgan.
 
Oilada urush-janjal bo‘ladi, lekin bolalarimiz oldida urishmas edik. Hodisaga nima sabab bo‘lganini biz ham bilmayapmiz. Bobosining uyiga ikki do‘sti bilan borgan. Uchovi telefon o‘ynab o‘tirgan. Keyin soat 19:00 larda ular surib-surib chiqargan. Otasi ichkarida uxlayotgan bo‘lgan. Otasiga biz ketdik, deyishgan. Uchovi ketdi, deb o‘ylagan otasi. U esa uyda qolib ketgan.
 
O‘g‘lim menga yana telefon qildi qaytadan. Ona, bu yerdan soat to‘rtlarda chiqib ketgan ekansiz, uyga buncha kech boryapsiz, dedi. Buvisining yoniga borganimni aytdim. Tuzukmisiz, ona, yig‘ladingizmi, dedi. Ha, sal yig‘ladim, qon bosimim ko‘tarildi, buvingni sog‘indim, deb aytdim. Hozir boraman, ona, sizni yaxshi ko‘raman, dedi. Shu oxirgi gapi bo‘ldi. Bolam juda ko‘p marta yaxshi ko‘rishini aytardi. Ona, ishlamang, sog‘lig‘ingiz yaxshi emas, men sizning suyanchig‘ingizman, menga bemalol suyanavering, deb aytar edi. Shu uning oxirgi gaplari bo‘ldi.
 
Dadamdan so‘rasam, o‘ynab-kulib yaxshi kelganini, do‘stlari bilan osh yeganini, o‘ynab o‘tirganini aytdi. Telefonini tekshirib turar edim, biror qiz bilan munosabatda emasdi”, — deydi ayol.
 
Ayni paytda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmaliqda o‘zini osib qo‘ygan o‘quvchining onasiga aytgan so‘nggi so‘zlari ma’lum bo‘ldi