![Ayrim holatlar uchun sanksiya berish vakolati prokuraturadan sudlarga olib berilyapti](/uploads/posts/2023-05/06718ed8-40b9-47a7-8a6d-8d90724ea0c4.png)
Sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qonun loyihasida prokurorlarga tegishli bo‘lgan ayrim vakolatlar sudlarga olib berilyapti. Jumladan, mazkur qonun loyihasi bilan tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish taklif etilmoqda.
Bunda tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalar prokuror tomonidan sudga kirtilishi belgilanyapti.
Shuningdek, ayblanuvchining huquq va erkinliklarini mustahkamlash maqsadida tayinlangan ehtiyot chorasini jinoyat natijasida yetkazilgan ziyon (zarar) yoki uning qoplanmagan qismi miqdoridan oshiq bo‘lishi sharti bilan garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirish tartibini belgilash taklif etiladi.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar «Xabeas korpus» institutining milliy qonunchilikda qo‘llanilishiga oid qator islohotlar amalga oshirilgan.
Jumladan:
- 2008 yil 1 yanvardan boshlab jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamog‘ga olishga sanksiya berish huquqi sudlar vakolatiga o‘tkazildi;
- 2012 yil 18 sentyabrdan sudga qadar ish yuritish bosqichida ayblanuvchini lavozimidan chetlatish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari faqat sudyaning sanksiyasi asosida amalga oshirishi tartibi joriy etildi;
- 2014 yil 4 sentyabrdan Jinoyat-protsessual kodeksiga ehtiyot choralarining yangi turi, ya’ni uy qamog‘i joriy qilindi;
- 2017 yil 29 martdan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilishga sanksiya berish bo‘yicha vakolatlar sudlarga o‘tkazildi.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar