10:31 / 06.05.2023
343

Qashqadaryoning 4ta tumanida qor yog‘di (video)

Qashqadaryoning 4ta tumanida qor yog‘di (video)
6 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning qator tumanlarida qor yog‘gani videolari tarqaldi. Videolardan Shahrisabz tumani G‘elon va tog‘li Sarichashma qishlog‘i, Yakkabog‘ tumani tog‘li Zarmas qishlog‘i, Dehqonobod tumani Oybek tog‘liklari, Kitob tumani tog‘li Aspiduxtar va Denovbuloq qishloqlarida qor yog‘ganini ko‘rish mumkin.
Shahrisabz tumani tog‘li Sarichashma qishlog‘i
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tog‘li Aspiduxtar va Denovbuloq qishloqlari
Yakkabog‘ tumani tog‘li Zarmas qishlog‘i hamda Dehqonobod tumani Oybek tog‘liklari
 
Ma’lumot uchun, Qashqadaryoning ayrim hududlarida sovuq havo oqimi kuzatilishi prognoz qilingan edi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani tog‘li "Ko‘l" kuzatuv stansiyasida havo harorati +3 darajani tashkil etgani haqida yozib, stansiyada harorat nol darajaga yaqinlashgani va Qashqadaryo viloyati tog‘li hududlaridan nam havo oqimi o‘tayotgani uchun dengiz sathidan 2 kmdan yuqori tog‘li hududlarda qor hodisasi kuzatilgan bo‘lishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat