Xorazmda 18 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi

Xorazmda 18 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi
Xorazmda 18 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida 6 may kuni 18 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
 
Ma’lum qilinishicha, navbatchilik qismiga soat 12:50 da fuqaro Ch.Q.ning o‘z joniga qasd qilib, vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyi tuman prokurori B.A.Matrasulov rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi va sud-tibbiy ekspertlari ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
 
Fuqaro Ch.Q. Xadra qishlog‘i “Nezaxos” mahallasi Ozodlik ko‘chasida yashagan. U 2005 yil 4 fevralda tug‘ilgan. Hozirda o‘lim sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar