20:51 / 06.05.2023
122

MIB xodimlari Xatirchi tumanida sayyor qabul tashkil qilishdi

MIB xodimlari Xatirchi tumanida sayyor qabul tashkil qilishdi
Majburiy ijro byurosi Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va muammolarini hal etish borasida sayyor qabullar tashkil qilinib kelinmoqda.
 Xususan, Xatirchi tumanining “Paraxun” va “Ko‘ksaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishib, sayyor qabul natijasida 5 ta oilalar yarashtirildi.
 Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining 26.05.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor D.Mo‘minovdan undiruvchi G.Mo‘minova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsada, ikki oydan ortiq muddat davomida aliment pulini to‘lamasdan kelgan.
Qabul jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini faollalari bilan taraflarga berilgan tushuntirishlar natijasida ushbu oila yarashtirildi.
Tadbir yakunida, sayyor qabulda ishtirok etgan boshqa fuqarolarning aliment va boshqa masalalari bo‘yicha tegishli choralari ko‘rildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat