107
O‘zbekiston va Malayziya qish turizmi va tadbirkorlik turizmini birgalikda rivojlantiradi
Foto: Dunyo
Kuala-Lumpur shahridagi elchixonada O‘zbekiston va Malayziya turistik operatorlari o‘rtasida V2V formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Yiliga 2 million nafargacha sayyohga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazi va Samarqand xalqaro aeroportining imkoniyatlari haqida ham atroflicha so‘z yuritildi. Uni xorijiy aviakompaniyalar uchun transport va sayyohlik markaziga aylantirish va ushbu tarixiy shaharga ziyoratchilar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish maqsadida «Ochiq osmon» rejimi joriy etilgani qayd etildi.
So‘nggi yillarda viza rejimi soddalashtirilishi natijasida 93ta xorijiy davlatlar, jumladan Malayziya fuqarolari uchun respublikaga vizasiz kirish tartibi amal qilayotgani, yana 56 ta davlat fuqarolari uchun elektron kirish vizalarini berish tizimi va 47 ta davlat uchun besh kunlik tranzit vizasiz kirish tartibi joriy qilingani ta’kidlab o‘tildi.
O‘tkazilgan muzokaralar natijasida Malayziya tomoni bilan O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlarini ommalashtirish va «Samarqand – Yangi O‘zbekistonning sayyohlik darvozasi» yangi brendini, jumladan, madaniy turizm, ziyorat turizmi, etnoturizm, qish turizmi, «Umra+» va tadbirkorlik turizmi (MICE) turpaketlarini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar