Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotimiz tayanchlaridan biridir. Shu bois, tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes hamda xususiy sektor vakillari faoliyatini himoya qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Mazkur sohada Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ham tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, sud qarorlarini o‘z vaqtida va so‘zsiz ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tadbirkorlar foydasiga 361 mln so‘m undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosi ta’minlanib, 10 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Misol uchun, Navoiy viloyat sudining 18.11.2022 yildagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor Navoiy shahridagi ishlab chiqaruvchi korxonadan Rossiya Federatsiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan “Shelkovo Agroxim”AJ chet el korxonasi foydasiga 1 mln. 300 ming rossiya rubli to‘liq undirib berildi.
Qarzdorlikning summasi qancha bo‘lishidan qatiy nazar bunday tadbirkor manfaatini himoya qilish byuroning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar