2023 yilning 14-17 may kunlari O‘zbekistonga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 14-17 may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14-16 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
Baland tog‘li (2000 metrdan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
14-15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
14-16 mayda respublika shimolida, 17 mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar