Shovotda hokimlikdan fuqaro foydasiga 405 mln. so‘m undirildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi Shovot tuman hokimligidan fuqaro Z.A. foydasiga 405 mln. so‘m undirish belgilagan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Shovot tumani bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, tuman hokimligidan fuqaro foydasiga 405 mln. so‘m pullar to‘liq undirilib, ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan ish yurituvi tamomlandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…