Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi maktab o‘quvchilarini avtomashina urib yuborganligi haqida xabar berilgandi.
Aniqlanishicha, 2023 yil 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi 19 yoshli S.X. (erkak) «Damas» rusumli avtomashinada «Tinchlik» ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lni kesib o‘tayotgan 14 yoshli 2 nafar maktab o‘quvchilarini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Piyodalar avtohalokat oqibatida tan jarohati olishgan va tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan.
Mazkur hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Hozirda Olmaliq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu tergovga qadar tekshiruv ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar