21:02 / 15.05.2023
100

Fuqaro foydasiga salkam 370 mln. so‘m undirib berildi

Fuqaro foydasiga salkam 370 mln. so‘m undirib berildi
Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor Sh.Kadirov hamda solidar tartibda javobgar K.Xamidovdan  undiruvchi fuqaro D.Musayevning foydasiga jami 368 mln. 732 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud edi.
 
Dastlab, qarzdorga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi S.Jurayev tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, qarzdor fuqaro Sh.Kadirovdan 368 mln. 732 ming so‘m qarzdorlik undiruvchi fuqaro foydasiga  to‘liq undirilib berildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat