21:06 / 15.05.2023
177

24 nafar majburiyatini unutgan fuqarolarga chora ko‘rildi

24 nafar majburiyatini unutgan fuqarolarga chora ko‘rildi
Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan aliment qarzdorliklarini undiruvi bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda.
 
Jumladan, joriy yilning 4 oyi davomida bo‘lim tomonidan aliment to‘lovlaridan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan 24 nafar qarzdor otalarga nisbatan mamuriy javobgarlik masalasi ko‘rilib, 5 nafar qarzdorga esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 05.07.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Aliyevdan undiruvchi I.Pakning foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandining ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida 16.05.2022 yildan boshlab aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochilarining majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi qayta hisoblanganda alimentchi otaning qarzdorligi shu kunga qadar 74.880.505 so‘mni tashkil etgan va ushbu qarzdorlik qarzdor ota tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘lov amalga oshirilmaganligi sababli qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4 moddasi bilan ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rilatgan jarayonda qarzdor ota tomonidan salkam 75 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun undirib berildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat