date
views 427

Sirdaryoda zamonaviy oziq-ovqat sanoat texnoparki tashkil etiladi

Sirdaryoda zamonaviy oziq-ovqat sanoat texnoparki tashkil etiladi

"Sirdaryo viloyatida zamonaviy oziq-ovqat sanoat texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Sirdaryo viloyati hokimligining Xovos tumani "Yangiyer" MFY hududida zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksini barpo etish maqsadida Xovos tumani "Yangiyer" MFY hududida 10 gektar maydonda “Xovos oziq-ovqat sanoat texnoparki”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

Sanoat texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • import o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlarni ishlab chiqarish;
  • xorijiy davlatlar bozorlariga qayta ishlangan tayyor mahsulotlar eksport qilish;
  • xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish va boshqa manbalar hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birlamchi va chuqur qayta ishlash hamda jamg‘arishni tashkil etish;
  • meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, shuningdek, bojxona, bank, logistika, ekspress-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni amalga oshirish;
  • Sanoat texnoparki Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK ta’sischiligidagi hamda shu’ba korxona shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

Sanoat texnopark bosh rejasini tuzishda, uning hududida loyihalashtirish, ta’mirlash va qurilish, jumladan ichki muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini barpo etish ishlarini amalga oshirishda “Agroservis operator” DUK buyurtmachi sifatida bosh loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini tanlov asosida tanlaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi  2023-2025 yillar davomida sanoat texnoparkini tashkil etishga tijorat banklari, xorijiy moliya institutlari va investorlarning jalb qilingan va jalb qilinishi ko‘zda tutilgan 25 mln dollar mablag‘lari hisobiga amalga oshiradi.

Bunda, sanoat texnoparki hududida ma’muriy bino, inshootlar, muzlatgichli kameralar va omborlar tashkil etilishi, qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kalibrlash, saralash va qadoqlash binolari barpo etilishi belgilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda zamonaviy oziq-ovqat sanoat texnoparki tashkil etiladi