20:43 / 17.05.2023
163

Gurlanda xodimlarning 307 mln. so‘mlik ish haqlari undirib berildi

Gurlanda xodimlarning 307 mln. so‘mlik ish haqlari undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor Gurlan tumani hokimligidan undiruvchi 81 nafar xodimlar foydasiga 307,2 million so‘mdan ziyod ish haqlarini undirish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Gurlan tumani bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdordan qarzdorlik pullari to‘liq undirilib, undiruvchilarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilishi taʼminlandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat