
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining fuqaro T.Egamberdiyevdan undiruvchi K.Tursunbayeva foydasiga turmushlaridan bir nafar farzandining ta’minoti uchun ¼ qism aliment undiruvi bo‘yicha ijro varaqasi 10.08.2021 yilda Byuroning Mirzacho‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, qarzdor T.Egamberdiyevning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi cheklangan.
Qarzdor T.Egamberdiyev o‘z farzandining aliment ta’minoti qarzdorligini muntazam to‘lamaganligi natijasida muqaddam ma’muriy javobgarlikka, so‘ngra 13.601.413 so‘m qarzdorlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining 9.12.2022 yildagi hukmiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismiga asosan ozodlikdan mahrum qilingan.
Natijada undiruvchi K.Tursunbayeva foydasiga qarzdor T.Egamberdiyev tomonidan yetkazilgan 13.601.413 so‘m zarar pullari “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi” hisobidan to‘lab berildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar