20:30 / 18.05.2023
215

Uch hududda tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Uch hududda tezkor tadbirlar o‘tkazildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
 
Unda fuqaro B.A. fuqaro N.K.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Shu kabi, Departamentning Shovot tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «H.A.» MCHJ shaklidagi avtomaktab amaliy mashq o‘rgatuvchisi vazifasida ishlagan M.O. fuqaro I.X.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan o‘tkazib berishi evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Vatanparvar» tashkiloti Sayxunobod tumani o‘quv sport-texnika klubi rahbari F.X. fuqaro U.X.ga go‘yoki IIB YHXBdagi tanishlari orqali imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uch hududda tezkor tadbirlar o‘tkazildi