![Iqlimshunos eng issiq yillar qachon bo‘lishini bashorat qildi](/uploads/posts/2023-05/1684734140_01.jpg)
Iqlimshunos Aleksey Kokorin global harorat qachon rekord darajaga yetishi mumkinligini aytdi.
U tarixdagi eng issiq yil — 2025 yoki 2026 yilda kuzatilishini aytdi. «Bu El-Nino qancha davom etishiga bog‘liq. Bir yil yoki uch yil davom etadimi, buni aytish qiyin», dedi iqlimshunos.
Biroq, agar dunyoda kuchli vulqon otilishi sodir bo‘lsa, unda eng issiq yil kelmasligi mumkin, chunki kulning stratosferaga ko‘tarilishi issiqxonaga qarshi effekt sodir etadi va global sovishni keltirib chiqaradi. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, okean oqimlarining fazaviy o‘zgarishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, La-Nino paytida atmosferadagi issiqlik sezilarli darajada okeanga o‘tadi, El-Nino paytida esa okeandan atmosferaga issiqlik ko‘tariladi.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, jarayon 2023 yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar