06:00 / 23.05.2023
330

Men erimning puliga muhtoj emasman! - Feministlarning adashuvlari

Men erimning puliga muhtoj emasman! - Feministlarning adashuvlari
Bu zamonaviy ayollarning, afsuski, ba’zi “zamonaviy” musulmon ayollarning dunyoqarashidir.
 
Ular ayollar o‘z erlariga moddiy qaram, ya’ni ayollar «butun umri davomida erkaklardan pul tilab olishi kerak» degan feministik yolg‘on domiga tushib qolgan.
 
Bu zamonaviy buzilishdir va buning islomga hech aloqasi yo‘q.
 
Alloh taolo bizga Qur’onda aytadi:
«Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar...» (Niso surasi, 34-oyat).
 
Erkaklar ayollar uchun moliyaviy mas’uliyat tufayli ayollar uchun rahbardir. Biroq bu qaramlikdan ayollarning erkaklaridan biror narsa so‘rashi, tilanishi tushunilmaydi. Bu istasa ham, xohlamasa ham Allohning O‘zi erkaklarga yuklagan jiddiy mas’uliyatdir. Erkak o‘z xotiniga pul sarflash yoki sarflamaslikni tanlay olmaydi - u buni qilishi shart. Albatta, oqilona o‘lchovlar, me’yorlar doirasida. Ammo uning moddiy ta’minoti unga ishonib topshirilgan va u Alloh huzurida ahli ayoli oldidagi burchini qanchalik bajarganligi uchun javob berishi kerak bo‘ladi.
 
Biz bir-birimizga bog‘liqmiz. Har birimizning ehtiyojlarimiz bor. Biri boshqa narsaga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi boshqa narsa uchun birinchisiga bog‘liq.
 
Ushbu o‘zaro bog‘liqlikni bartaraf etish munosabatlarni butunlay yo‘q qilishdir.
 
Albatta, bu tabiiy o‘zaro bog‘liqlikning mavjudligi ikki tomonning teng yoki bir xil ekanligini anglatmaydi. Bu o‘zaro bog‘liqlik rahbarlikning qonuniy darajalari haqiqatini yo‘q qilmaydi.
 
Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:
... Va ularning burchlari muqobilida ma’ruf ila haqlari ham bordir. Va erkaklarga ulardan ustun daraja bordir. Va Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta hikmatlidir." («Baqara» surasi, 228-oyat).
 
Zamonaviy dunyoviy liberal-feministik dunyo tartibi bizni ommaviy ravishda tabiiy aloqalar va normal munosabatlarni yo‘q qilishga olib keladi.
 
Alloh barchamizga sog‘-salomat munosabatlar, mustahkam nikoh va oilamiz va yaqinlarimiz bilan ajoyib rishtalar ato etsin!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Men erimning puliga muhtoj emasman! - Feministlarning adashuvlari
ePN