
Kadr: Telegram
Xorazm viloyati Shovot tumanida qaynota o‘zaro janjal oqibatida kelinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shovot tumani “Paxtakor” MFYda istiqomat qiluvchi 1961 yilda tug‘ilgan shaxs 21 may kuni soat 21:10 atrofida 33 yoshli kelini bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Janjal natijasida qaynota oshxona pichog‘i bilan kelinining ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Kelin olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan qaynotaga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar