date
views 285

Muzqaymoq sotuvchilar nonini ham tortib sotadimi?

Muzqaymoq sotuvchilar nonini ham tortib sotadimi?

SAVOL:

Meni muzqaymoq sotadigan ishchilarim bor. Ularni har kuni hisob-kitob qilaman. Kam chiqsa to‘laysan deb to‘lataman, lekin ba’zi birlaridan vaflini hisobiga ko‘p chiqadi. Shu ortiqcha pulni men olmayman ko‘nglim bo‘lmaydi o‘ziga beraman. Shuni nima qilsam bo‘ladi? U pulni olsam kimnidir haqqi bo‘lsa men javobgar bo‘lmay deyman. Olsam bo‘ladimi yoki o‘zlariga beraymi ortiqcha chiqqanini?

JAVOB:

Bizning tushunishimizcha, muzqaymoq taroziga qo‘yilib sotiladi va vafliga solib taroziga qo‘yilgani hisobiga oxirida ko‘proq chiqadi.

Sizni bu ortiqcha pulni birovning haqqi ekanligidan qo‘rqib olmasligingiz yaxshi, ammo uni sotuvchiga berishingiz ham baribir asl egasiga yetkazmasdan, mendan ketsa bo‘ldi qabilida ish tutish bo‘ladi. Shuning uchun siz sotuvchilarga taroziga idishning vaznini chiqarib tashlab sotishni tushuntirishingiz kerak. Demak, u pullar agar siz muzqaymoqni sotuvchiga o‘tkazishda to‘g‘ri tortib bergan bo‘lsangiz, sotuvchining aybi bilan to‘planib qolgan mijozlarga tegishli pul va ularni o‘shalar nomidan ehson qiling. Agar sotuvchiga topshirishda adashilgan bo‘lsa, u holda pullar sizlarga tegishli. Demak, tarozi yoki tarozibonni tekshiring. Yoki sotuvchining tarozisi yaxshi ishlamasligi mumkin, u holda ham mijozlarga tegishli va uni o‘shalar nomidan ehson qiling va sotuvchi qo‘liga ishonchli tarozi bering. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muzqaymoq sotuvchilar nonini ham tortib sotadimi?