
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. “Daryo” mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida IIV matbuot kotibi bilan bog‘landi.
Vazirlik matbuot kotibining ma’lum qilishicha, hodisa 26 maydan 27 mayga o‘tar kechasi viloyatning Uchqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Bir necha fuqarolar kompyuter klubida janjal keltirib chiqargan. Ichki ishlar organlari xodimlari chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan. Chaqiruvga asosan kelgan xodimlarga fuqarolar qarshilik ko‘rsatgan.
Shu sababli yigitlar qonuniy tartibda tuman IIBga olib kelinib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organi xodimning qonuniy talabini bajarmaslik) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar