16:51 / 29.05.2023
136

Toshkentda 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: “Daryo”

Toshkent shahar Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, 29-may kuni soat 12:30 larda Yunusobod tumani Moyqo‘rg‘on ko‘chasida:

  • 2001-yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2;
  • 1974-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan BYD SONG;
  • 1986-yilda tug‘ilgan M.X. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2105”;
  • 1988-yilda tug‘ilgan B.Z. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti;
  • 1996-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3;
  • 1995-yilda tug‘ilgan R.S. boshqaruvida bo‘lgan “ZIL” ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
ePN