14:40 / 30.05.2023
194

Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahridagi Congress Hall majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi boshlandi.
 
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar qatnashmoqda. S’ezdda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
 
Tadbirda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda. U beshta strategik maqsaddan iborat.
 
Birinchisi — ta’lim, ya’ni har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish.
 
Eng avvalo, 2030 yilga qadar maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi. Bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanadi. Kelgusi 7 yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish zarur. Shu maqsadda, «Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni» dasturi amalga oshiriladi.
Xususiy ta’limga qo‘shimcha yengilliklar beriladi. Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan to‘liq ta’minlanadi.
 
Chekka hududlarda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga chet ellardan «til egalari» bo‘lgan o‘qituvchilar olib kelinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratdi
ePN