“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2023 yil 1 sentabrdan:
- maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;
- tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktab faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi;
- hududlarda eng tajribali maktab direktorlaridan iborat Direktorlar kengashlari tuziladi;
- maktab direktorlari Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan hududiy boshqarmalar tomonidan ochiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadi.
2024 yil 1 yanvardan maktab direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.
Quyidagilar bekor qilinadi:
- ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti;
- jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi.
2024 yil 1 yanvardan:
- bola tug‘ilganidan so‘ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yiladi;
- maktablarning har o‘quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.
2023/2024 o‘quv yilidan “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar