
Foto: Getty Images
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 29 may kuni soat 10:00 larda Kitob tumanida sodir bo‘lgan.
20 yoshli yigit Kitob shahridagi “Sport majmuasi” oldida o‘zaro tortishuv oqibatida 25 yoshli yigitni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra ikki yigit o‘rtasidagi janjal ularning yonida mashina boshqarib ketayotgan qiz tufayli kelib chiqqan.
Oqibatda mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan yigit old o‘rindiqda o‘tirgan yigitni pichoqlagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar