23:54 / 01.06.2023
304

O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi

O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Haj–2023 mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni tartibli o‘tkazish yuzasidan videobayonot e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 ming nafar etib belgilandi. Bu yilgi haj mavsumi uchun kvota 12 mingdan 15 ming nafarga oshirilgani qayd etildi. Keyingi yillarda mamlakatdan haj safariga boruvchilar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan.

Ayni paytda Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan ishchi guruh Makka va Madina shaharlarida sharoitlarni hozirlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Ta’kidlanishicha, bir nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori jamoatchilik kengashi qaroriga asosan 68 million 760 ming so‘m etib belgilandi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilangan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
ePN