08:00 / 02.06.2023
76

Fuqarolarimiz o‘z vaqtida ololmagan zarar pullari undirib berildi

Fuqarolarimiz o‘z vaqtida ololmagan zarar pullari undirib berildi

Keyingi paytda sudlarda qarz berib, pulini qaytarib ololmasdan aziyat chekib yurgan insonlarning da’vo arizalari bo‘yicha fuqarolik ishlari ko‘payib bormoqda.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan sud qarorlari bilan fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qilish, ularga yetkazilgan zarar mablag‘larini undirish choralari ko‘rib kelinmoqda.

Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining  ijro varaqasiga asosan qarzdor T.Turdiyevdan, B.Axmedjonovning foydasiga jami 38.000.000 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro ishi kelib tushgan edi.

 Qarzdorga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berilgan bo‘lsada, zararni undirib berish choralarini ko‘rmagan. Shundan so‘ng majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor T.Turdiyevdan 38.000.000 so‘m, undiruvchi B.Ahmedjanova foydasiga to‘liq undirildi.

Xuddi shunday bo‘lim ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha Kashkadaryo viloyat sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.Sabitovdan undiruvchi J.Karimov foydasiga 55 mln. 846 ming so‘m qarz mablag‘larini undirish belgilangan bo‘lib, davlat ijrochisi Sh.Otaboyevning olib borgan huquqiy tushuntirish ishlari natijasida, qarzdorlik bartaraf etildi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, undiruvga oid ijro ishlari Byuro organlariga kelguniga qadar, fuqarolarimiz qarz mablag‘larini olish uchun turli idoralarga ko‘p bora murojaat etishgan edi. Shu bois, yuqoridagi ijro ishlari tegishli tartibda tamomlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolarimiz o‘z vaqtida ololmagan zarar pullari undirib berildi
ePN