52
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi
Kecha, 1 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Pak Chin bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hukumatlar o‘rtasida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitimi imzolangan.
Shuningdek, Janubiy Koreya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida parlament, qishloq xo‘jaligi, fitosanitariya, o‘rmonchilik va aqlli texnologiyalar sohasida aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar ham imzolangan.
«Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdik. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish, faol ishbilarmonlik aloqalari uchun zamin yaratish, “Koreya Respublikasi + Markaziy Osiyo” muloqotini boyitish, tinchlik va xavfsizlik, bilim va texnologiyalar almashinuvi kabi masalalar kun tartibimizdan joy oldi», – deya yozgan Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram ijtimoiy tarmog‘ida.
Ma’lumot uchun, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
“O‘zbekiston go‘zali”: “Uning shartiga ko‘nsam, Lamborghini olib berishini aytgan”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”