15:29 / 02.06.2023
105

Bayram munosabati vafot etgan xodimlarning farzandlari holidan xabar olindi

Bayram munosabati vafot etgan xodimlarning farzandlari holidan xabar olindi
Majburiy ijro byurosi organlari tizimida faol mehnat qilib, bugun oramizda bo‘lmagan marhum xodimlarning oilasi va farzandlari holidan doimiy ravishda xabar olib turiladi.
 
Jumladan, 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tizimida samarali mehnat qilgan 7 nafar marhum xodimlarning farzandlari yo‘qlandi.
 
Uchrashuv davomida, bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ularga oromgohga yo‘llanma, turli xil aqlni rivojlantirishga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar, shuningdek shirinliklar hamda ro‘zg‘or uchun kerakli mahsulotlar tarqatildi.
 
Shuningdek, bayram munosabati bilan Byuroning barcha tuman(shahar) bo‘limlari tomonidan joylarda qidiruvdagi qarzdorlarning farzandlari hamda ehtiyojmand aliment oluvchi oila farzandlari holidan xabar olinib, ularga esdalik sovg‘alari hamda pul mablag‘lari berilmoqda.
 
Tadbir viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bayram munosabati vafot etgan xodimlarning farzandlari holidan xabar olindi
ePN