Toshkentda “Jiguli” Nexia-3 bilan to‘qnashib, chuqurga tushib ketdi

Toshkentda “Jiguli” Nexia-3 bilan to‘qnashib, chuqurga tushib ketdi
Toshkentda “Jiguli” Nexia-3 bilan to‘qnashib, chuqurga tushib ketdi
Foto: Toshkent shahar YHXB matbuot xizmati
Toshkentning Olmazor tumanida “Jiguli” Nexia-3 bilan to‘qnashib, chuqurga tushib ketdi.
 
Poytaxt YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 3 iyun kuni soat 09:45 larda Olmazor tumani KXAY ko‘chasida yuz bergan.
 
1995 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi “VAZ 2107” va 1984 yilda tug‘ilgan Sh.Q. boshqaruvidagi Nexia-3 to‘qnashgan. Oqibatda “Jiguli” quvurlarni ta’mirlash uchun kovlangan chuqurga tushib ketgan. Haydovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
 
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar