19:40 / 06.06.2023
289

Toshkentda avtobus va Cobalt ishtirokidagi YTHning sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkentda avtobus va Cobalt ishtirokidagi YTHning sababi ma’lum bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar YHXB axborot xizmati 
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati YTH sababini ma’lum qildi.
 
Unga ko‘ra, holat 6 iyun kuni soat 15:20 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Do‘rmon yo‘li va G‘azalkent ko‘chalari kesishmasi oldida 89-sonli Yutong elektrobus Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan harakatlanib kelib, G‘azalkent ko‘chasiga chorrahadan chapga burilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Do‘rmon yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Tohir Malik ko‘chasi kesishmasi tomonga harakatlangan Cobalt svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga harakatlanib kelib, elektrobusning old yon qismiga to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
 
Mazkur holat oqibatida Cobalt haydovchisi (2003 yilda tug‘ilgan Y.F.) voqea joyida vafot etgan hamda yonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez yordam mashinasida yuborilgan.
 
Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtobus va Cobalt ishtirokidagi YTHning sababi ma’lum bo‘ldi
ePN