22:13 / 06.06.2023
354

DXXga kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha vakolat berildi

DXXga kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha vakolat berildi

Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda Davlat xavfsizlik xizmati muhim axborot infratuzilmasi (MAI) ob’yektlarida kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik darajasini kuzatadi hamda baholash va monitoring qilish tartibini ishlab chiqadi.

Shuningdek, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda MAIda kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda rivojlantirish ustidan nazorat va monitoring olib boradi.

Qaror bilan muhim axborot infratuzilmasi sub’yektlariga quyidagi huquqlar berilmoqda:

  • bunday ob’yektlarda foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlar, qurilmalar va texnologiyalaridagi zaifliklar haqida ma’lumotlarni vakolatli davlat organidan olish;
  • o‘zining kiberxavfsizlik bo‘linmalarini tashkil etish hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan nizomda belgilanishicha, muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlariga quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan axborotlashtirish tizimlari kiradi:

  • davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatish;
  • mudofaa;
  • davlat xavfsizligini, huquq-tartibotni ta’minlash;
  • yoqilg‘i-energetika majmui (atom energetikasi);
  • kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, metallurgiya;
  • suvdan foydalanish va suv ta’minoti;
  • qishloq xo‘jaligi;
  • sog‘liqni saqlash;
  • uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish;
  • bank-moliya tizimi;
  • transport;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
  • strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash;
  • ishlab chiqarish;
  • iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qo‘llaniladigan axborotlashtirish tizimlari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXXga kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha vakolat berildi
ePN