13:03 / 08.06.2023
566

«O‘zgidromet» chilla issig‘i bo‘lishidan ogohlantirdi

«O‘zgidromet» chilla issig‘i bo‘lishidan ogohlantirdi
«Chilla»ning boshlanishi joriy yilning birinchi issiq to‘lqinlariga to‘g‘ri keldi.
 
25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.
 
Eslatib o‘tamiz, meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari davomida eng issiq iyun oyida havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda ba’zi joylarda 44-46° gacha, Qizilqum cho‘lida 47° gacha, respublikaning eng janubida 48-49° gacha ko‘tarilgan, deyiladi xabarda.
 
«O‘zgidromet» yozning issiq kunlarida xatti-harakatlarning ba’zi asosiy qoidalari haqida eslatib o‘tgan.
 
Quyoshda uzoq vaqt qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa kunning o‘rtasida. Agar bu ilojisi bo‘lmasa, tanani va boshni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qiling.
 
Ko‘p suyuqlik iching, muzlatgichdan muzli ichimliklar emas, balki iliq suv yoki eng yaxshisi ko‘k choy iching.
 
Ko‘proq meva, sabzavotlarni iste’mol qiling. Juda achchiq va yog‘li ovqatlarni ite’mol qilmaslikka harakat qiling. Sovutish moslamalari bilan jihozlanmagan do‘konlardan mahsulotlarni xarid qilmang - ular quyoshda qancha vaqt bo‘lganini bilmaysizku.
 
Konditsionerli xonada bo‘lganingizda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovuq havo oqimi tagida o‘tirmang va konditsionerni 18 darajadan past bo‘lmagan haroratga «dasturlang».
 
Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar dori-darmonlarni qabul qilish bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zgidromet» chilla issig‘i bo‘lishidan ogohlantirdi
ePN