22:13 / 08.06.2023
64

Toshkent 2024 yilda MDH Yoshlar poytaxti maqomini oladi

Toshkent 2024 yilda MDH Yoshlar poytaxti maqomini oladi
Foto: TASS
Rossiyaning Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) hukumat rahbarlari kengashining (HRK) tor formatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
 
Yig‘ilish yakunida kelgusi uch yil uchun MDH Yoshlar poytaxtini e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi:
- 2024 yilda bu maqom Toshkent shahriga (O‘zbekiston) berildi;
- 2025 yilda - Gabala shahriga (Ozarbayjon);
- 2026 yilda - Kapan shahriga (Armaniston).
 
Yoshlar poytaxti maqomi bir yil muddatga beriladi. Tanlangan shaharda milliy va xalqaro miqyosdagi yoshlar tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
 
So‘ngra MDH Kengash majlisi keng tarkibda davom etdi, unda MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar imzolandi.
 
Shuningdek, MDH davlatlarining radiatsiyaviy vaziyat bo‘yicha monitoring ma’lumotlarini almashish bo‘yicha o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida Bitim imzolandi.
 
Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi, madaniy-gumanitar soha, moliyaviy va kadrlar masalalari bo‘yicha ham qator qarorlar qabul qilindi.
 
Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida MDH davlatlarining Spartakiadasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent 2024 yilda MDH Yoshlar poytaxti maqomini oladi
ePN