Joriy yilning 7 iyun kuni Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tizimida xizmat qilayotgan barcha xodimlarning ota-onalari, oilasi va farzandlari xodim ishlab turgan hududdagi bo‘limga taklif qilindi. Tashrif doirasida mehmonlar o‘z farzandi, turmush o‘rtog‘i ishlayotgan joy, unda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishishdi.
So‘ng xodimlarning ota-onasi va oilasi ishtirokida yig‘ilish tashkil qilinib, unda xodimlarning noxush holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga so‘zsiz rioya qilish, xizmat vazifalarini professional darajada, mas’uliyat, tashabbuskorlik, sadoqat va xolislik bilan bajarish, mamlakat sha’nini e’zozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lish, xalqimizning birdamligini mustahkamlash, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shish hamda prokuratura organlari xodimlarining qasamyodiga va xizmat burchiga sodiq bo‘lish va Kasb odobnomasiga ko‘rsatilgan boshqa talablarga amal qilish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Shaxsiy xavfsizlik sho‘basi tomonidan xodimlar mas’uliyatini yanada oshirish, ularda fidoyilik, halollik, kasbga sadoqat kabi xislatlarni rivojlantirish, aholi va keng jamoatchilik orasida Byuro organlariga nisbatan bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, Byuro xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga qat’iy rioya etishi va o‘z burchiga sadoqatli bo‘lishini ta’minlash, “Byuro xodimi” degan nomga dog‘ tushiradigan xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, korrupsiya, poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik, oshna-og‘aynigarchilik, mahalliychilik va boshqa nojo‘ya xatti-harakatlar sodir qilishining oldini olishga hamda ularga ko‘maklashayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan tadbirlar haqida aytib o‘tildi.
Tadbir yakunida xodimlarni yana bir bor xo‘shyorlikka va ogohlikka chorlandi.
S.Muxametkulov
Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi
Shaxsiy xavfsizlik sho‘basi katta inspektori
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”