11:11 / 11.06.2023
193

Toshkentda o‘qituvchi kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda o‘qituvchi kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Ijtimoiy tarmoq
Toshkentning Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
 
Voqea 8 iyun kuni soat 15.30 larda maktab hududida yuz bergan. Maktabning 9-sinf o‘quvchisi S.S. (2008 yilda tug‘ilgan) va o‘qituvchi S.B. (1999 yilda tug‘ilgan) o‘zaro gap talashib qolgan va o‘qituvchi S.S.ni bir marotaba shapaloq bilan urgan. Shundan so‘ng o‘quvchining akasi — 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan 2006 yilda tug‘ilgan S.S. kelib o‘qituvchi S.B.ni urib, tan jarohati yetkazgan.
 
O‘zaro kelishmovchilik sababli kelib chiqqan mojaro natijasida o‘qituvchi tan jarohati olgani yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
 
Mazkur xabarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov munosabat bildirib, bu ishni qilganlar kim bo‘lishidan qat’i nazar, qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘qituvchi kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
ePN