12:39 / 11.06.2023
193

Buyurtmachining pulidan ortsa, olsam bo‘ladimi?

Buyurtmachining pulidan ortsa, olsam bo‘ladimi?
SAVOL:
Men Buxoro viloyatidanman. Ustachilik qilaman. Xonadon egasiga yog‘och mahsuloti kerak va yog‘och Toshkentda arzon ekan. Xonadon egasidan pulni olib Toshkentdan keltirib bersam va o‘sha puldan qanchadir miqdorini olsam bo‘ladimi? Yog‘och xonadon egasiga arzonga tushadi va men ham pul ishlab olaman.
 
JAVOB:
Siz va siz kabilar shariat qoidasiga ko‘ra vakil hisoblanasizlar. Vakil inson unga ish buyurganning nomidan ish ko‘radi. Masalan, yog‘och mahsuloti bozorda 100 ming so‘m. Uy egasi sizga 100 ming so‘m berdi. Siz shu pulni olib bozorga bordingiz. Bozordagi sotuvchi yog‘ochning narxidan tushib berib, 80 ming so‘mga berdi. Ortib qolgan 20 ming so‘m uy egasining, ya’ni sizni shu ishga vakil qilgan insonning haqi hisoblanadi.
 
Sotuvchi mahsulot sotib olishga vakil bo‘lib kelgan kimsaga sotib olgan mahsulotining narxidan tushib, qaytib bergan puli uni vakil qilib yuborgan insonning haqi hisoblanadi. Vakil sotuvchi qaytib bergan miqdorni vakil qilib yuborgan insonga bermasdan ushlab qolishga haqi yo‘q”. (“Fatovo hindiya” kitobi).
 
Siz xonadon egasi bilan barchasini batafsil gaplashib olsangiz bo‘ladi. Agar xonadon egasi sotuvchi qaytib beradigan pullar sizniki bo‘ladi, qancha arzon olsangiz, ortib qolgan pul sizga kabi rozilik bildirsa, qaytim pulni olsangiz bo‘ladi. Ammo bunday holatlar aldov, g‘irromlikdan xoli bo‘lishi shart. Vallohu a’lam.
 
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buyurtmachining pulidan ortsa, olsam bo‘ladimi?
ePN