
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura departamentining Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Dang‘ara tumani Tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi M.A. fuqaro A.T.ning ov qilish taqiqlangan hududda pnevmatik qurol bilan noqonuniy baliq ovlaganligi holati bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va olib qo‘yilgan pnevmatik qurolni egasi U.R.ga qaytarib berish evaziga o‘z xizmat xonasida 1 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar