19:33 / 14.06.2023
345

Toshkent viloyati IIBBda ikkita mintaqaviy bo‘linma rahbarlari qo‘lga olingan

Toshkent viloyati IIBBda ikkita mintaqaviy bo‘linma rahbarlari qo‘lga olingan
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat yurituvchi bir qancha mansabdor shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.
 
Tegishli qarorga muvofiq, 2019 yil 20 iyundan boshlab Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarish tizimi eksperiment tariqasida joriy etilgan, unga ko‘ra, ichki ishlar organlari kuch va vositalarini samaraliroq joylashtirish maqsadida viloyat tuman (shahar)lari to‘rtta mintaqaviy boshqarish hududlari bo‘yicha taqsimlangan.
 
Aniqlanishicha, markazi Chirchiq shahri deb belgilangan birinchi mintaqaviy hudud rahbari Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektorlariga ajratilgan xizmat uyini soxta hujjatlar orqali sotib yuborgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tintuv chog‘ida uning xizmat xonasidagi seyfdan 20 ming dollar naqd pul topilgan. Kun.uz manbasi birinchi mintaqaviy hudud rahbarining boshqa qilmishlari ham aniqlangani, ayni paytda ushbu mansabdor qamog‘ga olinganini ma’lum qildi.
 
May oyining so‘nggi kunlarida Toshkent viloyati IIBB tizimidagi yana bir mintaqa boshlig‘i ham hibsga olingan. Biroq u aynan nimada ayblanayotgani ma’lum emas.
 
Yana bir manbaning ta’kidlashicha, 13 iyun kuni Olmaliq shahar IIB rahbarining birinchi o‘rinbosariga haydovchilik qilayotgan shaxs fuqarodan 300 dollar olayotganda ushlangan. Bu ishga yana kimlar aralashganiga tergov davomida oydinlik kiritilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati IIBBda ikkita mintaqaviy bo‘linma rahbarlari qo‘lga olingan
ePN