14:30 / 16.06.2023
65

Dam olish kunlari issiq ob-havo saqlanib turadi

Dam olish kunlari issiq ob-havo saqlanib turadi
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati ushbu davr uchun iqlimiy me’yorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi.
 
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kunduzi havo +38...+41 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +42...+43 darajagacha isiydi. Bunday qiymatlargacha havo harorati 2016 va 2021 yillarning eng issiq iyun oylarida ko‘tarilgan.
 
Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
 
Poytaxtda havo bulutsiz bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan +38...+40 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dam olish kunlari issiq ob-havo saqlanib turadi
ePN