15:43 / 16.06.2023
82

Shavkat Mirziyoyev: “Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib beriladi”

Shavkat Mirziyoyev: “Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib beriladi”
Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib beriladi. Bu haqda O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
 
Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida tadbirkorlik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada rivojlantirishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.
 
Xususan, O‘zbekistonda chet el banklarini olib kirish, yangi xususiy banklarni ochishni rag‘batlantirish hamda depozitlarni kengaytirish hisobiga kreditlar uchun resurs bazasi keskin oshirilishi ta’kidlandi.
 
Namanganlik tadbirkorlar xususiy bank ochish tashabbusi bilan chiqsa, biz albatta ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muqobil tizimlari joriy qilinadi. Jumladan, Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib beriladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: “Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib beriladi”
ePN