date
views 216

Fuqarodan 28 million so‘mdan ortiq qarz bitta qo‘ng‘iroq orqali undirildi

Fuqarodan 28 million so‘mdan ortiq qarz bitta qo‘ng‘iroq orqali undirildi
Sud hujjatlari va boshqa organlar orqali qarzni undirish yuzasidan chiqarilgan ijro varaqalariga asosan barcha qarzdorlar ham to‘lovlardan bosh tortadi deb bo‘lmaydi. Huquqiy madaniyatli, qarzdorlikni to‘lamaslikning oqibatlarini to‘g‘ri tushuntirsa, xulosa qiladigan fuqarolarimiz ham ko‘plab topiladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax tumanlararo bo‘limi tomonidan 2023 yilning iyun oyi boshidan ijro ishi yuritishining soddalashtirilgan tartibda 2712 nafar qarzdordan 1,1 mlrd. so‘mlik qarzdorliklar undirildi.
 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudining 24 may 2023 yildagi X.Tojiyevdan G‘allaorol tuman soliq inspeksiyasi foydasiga 28,5 million soliqlar  va boshqa majburiy to‘lovlar undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax tumanlararo bo‘limiga kelib tushgan.
 
Byuroning Jizzax tumanlararo bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro xujjati bo‘yicha qarzdorlikni to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Natijasida qarzdor T.X. tomonidan mavjud qarzdorlik to‘liq to‘lanib, ijro ishi amalda tamomlandi.
Dilso‘z Rasulova 
Byuroning Jizzax viloyati tumanlararo 
bo‘limi davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarodan 28 million so‘mdan ortiq qarz bitta qo‘ng‘iroq orqali undirildi