13:45 / 17.06.2023
93

Farg‘onada erkak tomorqasida 60 tup ko‘knori yetishtirib kelayotgani aniqlandi

Farg‘onada erkak tomorqasida 60 tup ko‘knori yetishtirib kelayotgani aniqlandi
Foto: Farg‘ona IIB axborot xizmati
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida erkak xonadonida 60 tup ko‘knori o‘simliklarini parvarishlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
 
“Qoradori-2023” doirasida 7 iyun kuni o‘tkazilgan tadbir davomida Sariqqo‘rg‘on mahallasida yashovchi fuqaro A.H.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda giyohvandlik o‘simligi parvarishlab kelgani ma’lum bo‘lgan.
 
Xususan erkak tomorqasida 60 tup ko‘knori o‘simliklarini yetishtirib kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
 
Holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada erkak tomorqasida 60 tup ko‘knori yetishtirib kelayotgani aniqlandi
ePN