18:53 / 17.06.2023
234

“Darding bo‘lsa-bo‘lsin, qarzing bo‘lmasin”!

“Darding bo‘lsa-bo‘lsin, qarzing bo‘lmasin”!
Xalqimizda “Darding bo‘lsa-bo‘lsin, qarzing bo‘lmasin” degan purma’no hikmat bor. Juda o‘ylab topilgan bu naqlga bugun barcha birdek amal qilyaptimi?
 
Kech kuzdan beri qilingan mehnat bugun bo‘y ko‘rsatib, g‘alla maydonlarida pishib yetilgan donlar o‘rib, yanchilmoqda. O‘z o‘rnida, Namangan viloyatida rejani ortig‘i bilan uddalayotgan xo‘jaliklar ko‘plab topiladi. Biroq, ayrim fermerlar tomonidan Byuro organlari tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay soliqdan bo‘lgan qarzdorliklarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotganlari ham uchrab turibdi. Aynan tumanlarda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan qarzdorliklarni undirish borasida tushuntirish ishlari va undiruvlar olib borilmoqda.
 
Norin tumanidagi “Ch.H” fermer xo‘jaligi joriy yilda 40 gektar maydonda bug‘doy yetishtirishdi. Hosil cho‘g‘i kutilganidan ortiq bo‘ldi. Biroq, fermer xo‘jalikni soliqdan bo‘lgan qarzdorligi 34 mln so‘mni tashkil etib, davlat ijrochisi tomonidan muddatida to‘lash yuzasidan ogohlantirilgan. Ammo, qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmadi. Ishchi guruh joyiga borib o‘rganganda, g‘alladan bo‘shagan maydonda chorva ozuqasi uchun kerakli bo‘lgan somon borligi aniqlandi va qarzdorlik uchun xatlandi. Xo‘jalik rahbari xatlangan somonni savdo orqali sotib, tushgan mablag‘ni qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirdi.
 
Yoki bo‘lmasa, “Z.A” fermer xo‘jaligi rahbari ham soliq qarzdorligini to‘lashga kelganda turli bahonalar qildi. Lekin bahonasi o‘tmadi. Tasarrufidagi maydondan chiqqan 2 800 dona somon xatlanib, qarzdorlikni bartaraf etishga yo‘naltirildi.
 
 Bu kabi soliq bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasidagi harakatlar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Darding bo‘lsa-bo‘lsin, qarzing bo‘lmasin”!
ePN