17:50 / 17.06.2023
129

Temuriy qadriyatlari singgan millatmiz!

Temuriy qadriyatlari singgan millatmiz!
"Agar osmon gumbazi uning takrori bo‘lmaganida, bu gumbaz dunyoda yagona bo‘lar edi". Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning ta’rifidan anglash mumkinki, buyuk sohibqiron Amir Temur o‘zining ulug‘ bekasi Saroymulkxonimga atab qurdirgan "Bibixonim" masjidi O‘rta Osiyodagi obidalarning eng yirigi sanaladi.
Tarixga nazar tashlasak, bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz, buyuk ajdodlarimiz ayolga chuqur ehtirom ko‘rsatganliklarini ko‘rishimiz mumkin.
Amir Temur o‘z farzandlari va nabiralaridan jufti halollarini hurmat qilib, tinch-totuv turmush kechirishni, ularga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlar qilmaslikni, bu borada oila an’analariga rioya etishni talab qilgan. Bunday ezgu qadriyatlar bizning qon-qonimizga singib ketgan.
 
Biroq, hozirda ayrim paytlar ba’zi erkak va ayollarning oila ishiga mas’uliyatsiz yondashayotgani, farzandlarini esa tirik yetimga aylantirayotganini guvohi bo‘lamiz.
Quyida keltirmoqchi bo‘lganimiz ham bir oilaning kechmishi bilan bog‘liq.
Qo‘lida guldek hunari bor, nonvoychilik bilan ro‘zg‘orini but qilishga qodir Zokirning qilmishlari esa o‘ziga yarashmadi. Xotini bilan ajrashgan bo‘lsa, bolalarda ne ayb? Bolalar kun sayin, soat sayin o‘smaydimi, ular yeb-ichmaydimi?
 
Faqat o‘zining tinchiniyu, qornini o‘ylash bilagida kuchi bor er kishiga yarashmaydi. Bu qonunlarimizda ham belgilab qo‘yilgan. Voyaga yetmagan bolasi bormi ota-ona u uchun qayg‘urishi, ta’minlashi shart.
Qonuniylik va adolat posbonlari bo‘lmish Byuro xodimlari ham ana shu yo‘lda xizmat qilib kelmoqda. Bolasi uchun aliment to‘lamay qochib yurgan Zokirni o‘zi yashab turgan manzildan olisroqda nonvoychilik qilib turgan mahal ushlab kelishdi.
Bolasi oldida qarzdor bo‘lgani bois, uning masalasini sudga topshirishdi. Biroq, ayoli Mahliyo erining bu holatiga achindimi, yoki bolalarining taqdirini o‘ylabmi, sudda erini ozod qilishlarini, hatto qarzidan kechib yuborishini ham bildirdi.
 
To‘g‘ri, sudning jarimasidan qutulmagan bo‘lsada, Zokirda Mahliyo bilan yarashish imkoniyati tug‘ildi. Uzoq ayriliqdan so‘ng juftliklar yana birlashdi, bolasini bag‘riga bosgancha, yana bir imkoniyat bergani uchun taqdirga tashakkurlar aytdi.
Bunda albatta, byuro xodimlarining mehnati alohida e’tirofga sazovor, oila birligini tiklashdi. Endi mitti bolakayning kundalik ehtiyojlaridan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Axir otasining mehrini hech bir moddiy boylik to‘ldirolmasdi.
Oyistaxon Abduraxmanova,
Byuroning Andijon viloyat boshqarmasi
katta inspektori

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Temuriy qadriyatlari singgan millatmiz!
ePN