23:50 / 18.06.2023
101

Shavkat Mirziyoyev Eronning ilmiy-texnik yutuqlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

 Shavkat Mirziyoyev Eronga rasmiy tashrifi doirasida Tehron shahrida innovatsiyalar va texnologiyalar ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, davlat rahbariga Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va boshqa rasmiy shaxslar hamrohlik qildi. Ko‘rgazmada Eronning yirik ilm-fan va ishlab chiqarish kompaniyalarining yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, mashinasozlik, uskunasozlik, tibbiy texnika, farmatsevtika, zamonaviy qurilish materiallari, to‘qimachilik tarmoqlaridagi mahsulotlari taqdim etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston yetakchisi kompaniyalarning stendlarini ko‘zdan kechirdi. Eron sanoatchilari turli turbinalar, dori vositalari va ularning ingrediyentlari, tibbiy uskunalar, neft katalizatorlari va sunʼiy matolar borasidagi eng yangi ishlanmalarini namoyish etdi.

Davlat rahbari kompaniyalar rahbarlari bilan muloqot qildi, yangi texnologiyalarning taqdimotlari bilan tanishdi. Ko‘rgazma bilan tanishuv yakunida o‘zbekistonlik mutasaddilarga eronlik tadbirkorlar bilan birgalikda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mamlakatda Eron texnologiyalari va innovatsion yechimlarini joriy qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Eronning ilmiy-texnik yutuqlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
ePN