Bo‘stonliqda tormozi ishlamay qolgan “MAZ” 6 ta avtomobilni urib yubordi

Bo‘stonliqda tormozi ishlamay qolgan “MAZ” 6 ta avtomobilni urib yubordi
Bo‘stonliqda tormozi ishlamay qolgan “MAZ” 6 ta avtomobilni urib yubordi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa joriy yil 18 iyun kuni soat taxminan 18:00 larda kuzatilgan.
 
4R10 “Chorbog‘ suv ombori aylanma” avtomobil yo‘lining 82-kilometrida, 37 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “MAZ” yuk avtomobilining tormoz tizimi ishdan chiqib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 6 ta – Spark, Matiz, Nexia-3, 2 ta Lacetti va Kia rusumidagi yengil avtomobillarni urib yuborgan.
 
To‘qnashuvda hech kimning sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.
 
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar