
Hodisa 19 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida ro‘y bergan. Ma’lum bo‘lishicha, 17 yoshli yigit va 15 yoshli qiz chaqmoq urishi oqibatida tan jarohati olishgan.
Bosh prokuratura axborot xizmati shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan yigit vafot etganini bildirdi.
Yashin urishidan jabrlangan qizning ahvoli qoniqarli deya baholangan. U ayni paytda shifoxonada davolanayotgani ma’lum qilingan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar