date

Kambojada kichkina bola 5 metrli bo‘g‘ma ilon bilan do‘st tutindi(Foto)

Kambojada kichkina bola 5 metrli bo‘g‘ma ilon bilan do‘st tutindi(Foto)

Zamonaviy evropalik uchun ekzotik mamlakatlar o‘zining barcha tomoni bilan ekzotikdir. Bu mamlakat aholisining yashash tarzi ham boshqalardan tubdan farq qiladi. Hatto ularning uy hayvonlari ham boshqalarnikiga o‘xshamaydi, deyiladi “Darakchi” nashrida.

Kamboja qishloqlaridan birida yashovchi bola uyida 5 metrli bo‘g‘ma ilon bilan bir necha yillardan beri ajralmas do‘stdir. Kambojada odamlar yashaydigan uyda ilonlarning sudralib yurishi odatiy holdir. Bolalar ular bilan o‘ynashni juda yaxshi ko‘rishadi. Kunlardan bir kun Sambatlarning oilasiga bo‘g‘ma ilon kirib qoladi. Uy egasi uni o‘ldirmay, o‘rmonga tashlab keladi. Bo‘g‘ma ilon ertasi kuni yana qaytib keladi. Uni yana o‘rmonga eltib, tashlashadi. Ilon uchinchi marta qaytib kelgandan keyin uni uy hayvoni sifatida olib qolishdi va Chamreun deb nom qo‘yishdi. Uy egasining o‘g‘li Uorn Sambat va Chamreun birgalikda uxlaydi. Bo‘g‘ma ilon bu uyga kelganida Uorn uch yoshda bo‘lgan. Shundan beri ular ajralmas do‘stdir. Hozir bo‘g‘ma ilonning uzunligi 5 metrni, og‘irligi esa 100 kilogrammni tashkil qiladi.

Agar ilon xohlasa, bolani tiriklayin yutib yuborishi mumkin, ammo nimagadir u buni istamaydi, aksincha bola bilan birga bo‘lishni yoqtiradi. Oila a’zolari ilon ularning oilasiga baxt va to‘kinlik, sog‘lik-salomatlik olib keldi deb hisoblashadi. Bo‘g‘ma ilon va bolaning yaqin do‘stligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun butun er yuzidan Kambojaning ovloq qishlog‘iga sayyohlar tashrif buyurishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kambojada kichkina bola 5 metrli bo‘g‘ma ilon bilan do‘st tutindi(Foto)