00:08 / 25.06.2023
88

Adolat qaror topdi va xodimlarga 82 mln. so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi

Adolat qaror topdi va xodimlarga 82 mln. so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi
Mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko‘ra har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, har bir shaxs o‘z mehnatiga munosib haq olishi lozim.
 
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan fuqarolarni ishga tiklash va ish haqlarini undirishga oid ijro hujjatlari ham alohida nazoratga olingan.
 
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 04.05.2023 yildagi bank muassasasidan undiruvchi R.F. foydasiga jami 81.8 mln. so‘m ish haqi undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga 08.05.2023 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Sud qarorining ijrosini ta’minlash va fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida mazkur ijro hujjati yuzasidan yuritilgan ijro ishi o‘rganildi.
 
O‘rganish jarayonida, Faridaning muammosiga quloq solindi, Farida ko‘ngli og‘rigani, jamoasi u uchun ikkinchi oilasidek bo‘lib qolgandi go‘yo. Ammo oilasi a’zosidek yaqin deb bilgan jamoasi unga shunchalar nohaqlik qilishi mumkin ekanligidan nihoyatda taajjubda ekanligini aytdi.
 
Farida 2010 yilda u o‘z sevgan kasbi bank xodimi degan unvonga ega bo‘lgan, u o‘z kasbiga vijdonan, sidqidildan yondashganligi sababli jamoa orasida tez orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, hurmatga sazovor bo‘ldi.
 
Ayol oila, ro‘zg‘or tashvishlaridan ortib, o‘z kasbining mutaxassis bo‘lsa, kasbini sevsa va o‘z sohasi ortidan minglab odamlarning mushkulini oson qilsa, aslida ayol uchun haqiqiy baxt mana shu degan iborani o‘ziga shior qilib olgani edi.
 
Lekin afsuslar bo‘lsinki, hamisha ham adolat tarozisining pallasi bir xil bo‘lmas ekan, unga nisbatan turli adolatsizlik va nohaqliklar avjiga chiqdi va oxir oqibat fuqaro buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida tegishli joyga murojaat qildi.
Joriy yilning may oyida Farg‘ona viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati binosida, ochiq sud majlisida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyat kengashining F.R. manfaatini ko‘zlab, javobgar bank muassasasiga nisbatan  mehnat haqi, shakli va tizimdagi qo‘shimcha to‘lovlarni hamda ma’naviy zarani undirish mehnat shartnomasini nomuayn muddatga o‘tkazish yuzasidan da’vo arizasini kiritdi.
Mehnat haqi shakli va tizimdagi qo‘shimcha to‘lov ustamalarni undirish bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atildi va qaror nusxasi taraflarga yuborildi.
Ushbu ijro hujjatining ijrosi nazoratga olinib, Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan tushuntirish ishlarini jadal olib borilishi natijasida, adolat qaror topdi va 2023 yil 15 iyun kuni qarzdorlan jami 81.8 mln. so‘m ish haqi undirilib, ushbu kunning o‘zida F.R.ning bank plastik kartasiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Ijro hujjati amalda ijro etilishi orqali bir fuqaroning buzilgan huquqi tiklanishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adolat qaror topdi va xodimlarga 82 mln. so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi
ePN